AsosiyDunyo

To`qaev O`zbekistonga kelishi kutilmoqda

'To`qaev O`zbekistonga kelishi kutilmoqda'ning rasmi

Qozog`iston Respublikasining kuni kecha takror saylangan Prezidenti Qosim-Jomart To`qaevning O`zbekistonga tashrifi kutilmoqda.

 Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan xabarda so`z borgan. 

Gap shundaki, bugun, 24 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Respublikasi elchisi Beybut Atamkulovdan Ishonch yorlig`ini qabul qilib oldi. Ushbu tadbir bahonasida Prezident matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan xabarda shunday deyiladi: 

Dekabr oyi boshida Qozog`iston Prezidentining O`zbekistonga kutilayotgan tashrifi davlatlararo munosabatlarda yangi davrni boshlab berishiga ishonch bildirildi”.

Biroq Prezident Administrasiyasi Qosim-Jomart To`qaevning tashrifi aynan qachon amalga oshirilishiga aniqlik kiritmagan. 

 

    Boshqa yangiliklar