AsosiyDunyo
6859

AQShda quvvatlanayotgan Galaxy Note 7 telefoni sabab avtomobil yonib ketdi

AQSh o`t o`chirish xizmati va Samsung kompaniyasi avtomobil ichida quvvatlantirish uchun qoldirilgan Galaxy Note 7 telefoni sabab yong`in kelib chiqish holati yuzasidan tekshiruv o`tkazmoqda, deb yozadi “Lenta.ru”.

Hodisa Florida shtati Sent-Pitersberg shahrida har yili o`tkaziladigan Mehnat kuni deb nomlangan tadbir bo`layotganida yuz bergan. “Jip” rusumli avtomobil mahalliy aholi vakillari Natan Donecher va uning rafiqasi Lidiyaga tegishli bo`lgan. 

Ularning taxminiga ko`ra, avtomobil ichi unchalik issiq bo`lmagan, sababi ular avtomobildagi kondisionerni yoniq qoldirilgan. Mashina salonida quvvatlantiruvchi qurilmaga ulangan telefon apparati bo`lgan. Avtomobil egasi birozdan so`ng qaytib kelganida, mashina tutun ichida qolgan edi. U yonib ketgan avtmobilini suratga olib, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirdi.

O`t o`chiruvchilar tezkorlik bilan hodisa joyiga etib kelgan va yong`inni o`chirishga muvaffaq bo`lgan. Biroq avtomobil yong`in oqibatida jiddiy zarar ko`rgan. Baxtli tasodif tufayli hech kim jabrlanmagan. 

Samsung kompaniyasi vakili mazkur hodisadan xabardor ekanligi va avtomobil egasi bilan uning manfaatlari yuzasidan ish olib borayotganini ma`lum qilgan.

Eslatib o`tamiz, mazkur yong`in sodir bo`lmasidan avvalroq Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 qurilmalarini sotishni to`xtatgan edi. Bunga sabab qilib qurilmalar quvvatlanayotganida yonib ketayotgani ko`rsatilgan edi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar