AsosiyJamiyat

Endi hududlarda hokim yordamchisiyuan tashqari administrasiya yordamchisi ham bo`ladi

'Endi hududlarda hokim yordamchisiyuan tashqari administrasiya yordamchisi ham bo`ladi'ning rasmi

Prezidentning tegishli farmoni bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi. Ushbu yangi lavozim avvalgi ikkita maslahatchi lavozimini birlashtirish orqali tashkil etilgan. Bu haqda O`zA yozmoqda.

Bunda Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bo`yicha maslahatchisi (bunga qadar Tursinxon Xudaybergenov maslahatchi edi) hamda Prezidentning davlat xizmati masalalari bo`yicha maslahatchisi (bungacha vakant edi) lavozimlari tugatilib, ularning negizida yangi lavozim joriy etilgan.

Farmonda bundan maqsad davlat va fuqarolar o`rtasida hamkorlikni yangi tizimini tashkil etish, davlat organlarida murojaatlarini ko`rib chiqishning zamonaviy yondashuvlarini joriy etish va joylarda muammolar hal etilishi ustidan ta`sirchan nazoratni o`rnatish ekanligi qayd etilgan.

Shuningdek, so`nggi paytlarda Xalq qabulxonalari faoliyati etarli samara bermayotgani, joylardagi muammolarni hal qilishda sustkashlikka yo`l qo`yib, asosan sansalorlik bilan shug`ullanayotgani aholining haqli e`tirozlarini keltirib chiqarayotgani sababli Xalq qabulxonalari institutini kuchaytirish yuzasidan ayrim vazifalar belgilandi.

Jumladan, Xalq qabulxonalari xodimlariga ta`sirchan chora sifatida davlat organlari va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risidagi qonunchilik hujjatlari bo`yicha qonunbuzilishlar yuzasidan ma`muriy bayonnomalar tuzish va sudga yuborish huquqi berilmoqda.

Hududlar bilan to`g`ridan-to`g`ri aloqalarni o`rnatish va joylardagi vaziyatdan kelib chiqib, tezkor choralar ko`rib borish maqsadida Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi tashkil etilayotgan Administrasiya rahbari yordamchilari muvofiqlashtirib boradi va ular bevosita hududlarda o`z faoliyatini amalga oshiradi. Bunda Administrasiya rahbari yordamchilari shtatlari mavjud shtat birliklarini qisqartirish evaziga tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar