Ukrainadagi harbiy mojaro davrida 15 ming odam bedarak yo`qoldi. Bu haqda bedarak yo`qolgan shaxslar bo`yicha xalqaro komissiya (ICMP) ma`lum qildi, deya yozmoqda Zamon.uz sayti.
Ma`lum bo`lishicha, Gaagada joylashgan ushbu tashkilot Bolqon yarimorolidagi urushlardan keyin tuzilgan. Iyul oyida uning Kievda ofisi ochildi. Bundan ko`zlangan maqsad — Ukrainaga bedarak yo`qolganlar bo`yicha hujjatlarni tuzish va ularni qidirishda yordam berish.
ICMP'ning Evropa bo`yicha direktori Metyu Xollideyning so`zlariga ko`ra, qancha odam majburan ko`chirilgani, Rossiya tomonidan hibsda saqlanayotgani, oilasidan ayrilgani, bedarak yo`qolganlarning qanchasi tirik ekani ma`lum emas. Tashkilot vakili nizo yakunlangandan keyin ham bu odamlarni qidirish uchun yillar ketishini ta`kidlagan.
"Raqamlar va Ukraina hozir to`qnash kelayotgan muammolar juda katta. Hozirda eng muhimi imkon qadar ko`proq odamlarning taqdiriga aniqlik kiritish", — degan Xollidey.






