AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston bo`ylab yog`ingarchilik kutilmaydi, ayrim hududlarga tuman tushadi

'Bugun O`zbekiston bo`ylab yog`ingarchilik kutilmaydi, ayrim hududlarga tuman tushadi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho`l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 8-13° iliq bo`ladi.  

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar