AsosiyDunyo

AQShda parranda grippi epidemiyasi rekord miqdordagi tovuqlarni nobud qildi

'AQShda parranda grippi epidemiyasi rekord miqdordagi tovuqlarni nobud qildi'ning rasmi

Epidemiya Shukrona kunida an`anaviy taom bo`lgan tuxum va kurka go`shti narxining oshishiga olib keldi, deya xabar beradi "Amerika Ovozi".

AQSh qishloq xo`jaligi ma`lumotlariga ko`ra, parranda grippi joriy yilda AQShda 50,54 million qushni nobud qildi va bu mamlakat tarixidagi eng halokatli epidemiyaga aylandi. Tovuqlar, kurkalar va boshqa qushlarning nobud bo`lishi hozirgi kunga qadar parrandalar salomatligi uchun eng yomon ofat bo`lib, 2015 yilda parranda grippi avj olgan paytda 50,5 million qush nobud bo`lgan oldingi rekordni yangiladi.

Infeksiya ko`pincha parrandalarning o`limiga olib keladi. Parrandachilik fermalari kasallik tarqalishini oldini olish uchun millionlab parrandalarni bitta parrandaning ijobiy sinovidan so`ng o`ldiradi.

Parrandachilikning yo`qolishi tuxum va kurka go`shti narxining rekord darajada oshishiga olib keldi, bu yuqori inflyasiyaga duch kelgan iste`molchilarning iqtisodiy muammolarini kuchaytirdi va AQShda Shukrona kuni taomlari narxini oshirdi.

    Boshqa yangiliklar