1

Turkmaniston prezidenti yordamchisining harakati Angela Merkelni hayratga soldi(Foto va video)

Dunyo 09.09.2016, 15:36
Turkmaniston prezidenti yordamchisining harakati Angela Merkelni hayratga soldi(Foto va video)

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning Germaniyaga tashrifi chog`ida kutilmagan hodisa yuz berdi, deb yozadi “1news.az”.

Gap shundaki, prezidentning yordamchisi Germaniya kanslerining ko`z o`ngida minbarga qo`yilgan suvni hech qanday tushuntirishsiz almashtirib qo`ydi. 

Mazkur holat 29 avgust kuni ro`y bergan edi.

Tadbir tashkilotchilari har bir prezident uchun alohida tribuna va alohida stakanda suv qo`yib chiqqan edi. Biroq matbuot anjumani boshlanishidan avval Berdimuhamedovning yordamchisi minbardagi suv turgan stakanni olib, o`rniga boshqasini qo`yib qo`ydi. 

“Yuz berayotgan hodisa shu darajada kutilmagan, tushunarsiz va mantiqsiz ediki, hattoki Angela Merkel ham bu holatda hayratini yashirolmadi”,—deyiladi xabarda. 

Turkmaniston prezidentining yordamchisi esa o`z xatti-harakatlariga izoh bermagan. Ko`rinib turibdiki, stakanni almashtirish Germaniyadagi ichimlik suviga ishonmaslikdan va prezident zaharlanishining oldini olish maqsadida qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1