Joriy yilning 22 noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida ayanchli YTH sodir bo`ladi. "Kamaz" yuk mashinasi voyaga etmagan 9 yashar qizaloqni bosib ketadi. Bu haqda viloyat YHXB xabar bermoqda.
Aytilishicha, voqea kunduz kuni soat taxminan 12.30 larda bo`lgan. Haydovchi N.B. boshqaruvida bo`lgan “KAMAZ” rusumli avtotransport vositasini A-378 “Samarqand-G`uzor” avtomobil yo`lidan G`uzor tumani tomon boshqarib borib, Qamashi tumani “Uzun” MFY hududining 124 km.ga kelganda piyodalar yo`lakchasidan o`tayotgan Qamashi tumani “Uzun” MFYda yashovchi voyaga etmagan Q.S.ni urib yuborib, yo`l-transport hodisasi sodir etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, haydovchi O`zbekiston Respublikasi Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan va jinoyat ishlari bo`yicha Qamashi tuman sudining ajrimiga asosan ayblanuvchi N.B.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.






