Ukraina qurol ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish haqida o`ylay boshladi

Dunyo 29.11.2022, 13:30
Ukraina qurol ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish haqida o`ylay boshladi

Ayrim davlatlar siyosiy sabablarga ko`ra Ukrainaga etarli miqdorda qurol sotmayapti. Bu haqda "Zamon.uz" Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Politico  nashriga bergan intervyusiga tayanib xabar bermoqda.

Diplomat Kievda tanklar va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlariga katta ehtiyoj borligini aytgan. Uning so`zlariga ko`ra, joriy vaziyatda qurol etkazib berish masalasi yanada dolzarblashgan.

“Biz bir faktni tan olishimiz kerak: dunyoda Ukrainaga zarur narsalarga egalik qiladigan davlatlar bor, ammo ular siyosiy sabablarga ko`ra uni etarli miqdorda sotmayapti”, – degan TIV rahbari.

 

Vazirning fikricha, bu davlatlarni ko`ndirishga ketadigan vaqt o`rniga Ukrainaning o`zi qurol ishlab chiqarishni yo`lga qo`yishi kerak.

Bundan oldin The New York Times  gazetasi NATOning kichik davlatlarida qurol zaxiralari tugagani to`g`risida xabar bergandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1