1

Barcha attraksionlarda ogohlantirish vositalari bo`lishi kerak

Jamiyat 29.11.2022, 15:48
Barcha attraksionlarda ogohlantirish vositalari bo`lishi kerak

Hukumat qarori (677–son, 28.11.2022 y.) bilan Attraksionlar xavfsizligi to`g`risidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Reglamentga ko`ra, attraksion boshqarish tizimlari ogohlantirish signalizasiyasi va xavfli vaziyatlar vujudga kelishiga olib keladigan attraksion ishlashidagi nosozliklar haqida ogohlantirish uchun boshqa vositalarni o`z ichiga oladi.

Attraksionning ishlashidagi nosozliklar haqida ogohlantirish vositalari operator tomonidan ma`lumotlarning xatosiz, ishonchli va tez qabul qilinishini ta`minlashi lozim.

Attraksionni ishga tushirish, shuningdek, to`xtatilgandan keyin qayta ishga tushirish faqat ishga tushirishni boshqarish organi orqali amalga oshiriladi.  

Attraksionlarning harakatlanuvchi qismlari ular shikast etkazishi mumkin bo`lgan zonalarga odamlar kirishining oldini oluvchi to`siqlar bilan jihozlangan bo`lishi zarur.

Attraksionning barcha to`siqlari shunday mahkamlangan bo`lishi kerakki, ular faqat asboblar yordamida ochiladigan bo`lishi shart. To`siqlarning eshiklari qulflanuvchi moslama bilan jihozlanishi kerak.  

 Zanjir, arqon yoki kamarning yig`ish birligi hisoblanmaydigan har bir qismi tamg`alangan bo`lishi, agar buning iloji bo`lmasa, ishlab chiqaruvchi nomi va uning joylashgan joyi ko`rsatilgan taxtacha yoki echilmaydigan halqaga ega bo`lishi kerak.

 Attraksionga kirish joyi oldida sog`lig`i, yoshi, bo`yi va vazni bo`yicha attraksiondan foydalanishga oid cheklovlar to`g`risidagi ma`lumotlar joylashtirilishi lozim.

Har bir foydalanilayotgan attraksionga kirish joyi oldida so`nggi yillik tekshiruv o`tkazilgan sana va keyingi yillik tekshiruvni o`tkazish sanasi to`g`risidagi ma`lumotlarni o`z ichiga oluvchi axborot taxtachasi joylashtirilishi kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1