1

Eronlik futbolchilarning oilalariga mamlakat rasmiylari tomonidan tahdid qilinmoqda

Dunyo 29.11.2022, 16:12
Eronlik futbolchilarning oilalariga mamlakat rasmiylari tomonidan tahdid qilinmoqda

29-noyabr kuni Eron terma jamoasi guruh bosqichining 3-tur uchrashuvini AQShga qarshi o`tkazadi. Eronlik futbolchilarning yaqinlari o`yin oldidan rasmiylar tomonidan bosimga duch kelishdi. 

Futbolchilarga, agar futbolchilar raqibga qarshi o`yinda “o`zini munosib tutmasa”, yaqinlari qamalib, qiynoqqa solinishi va`da qilingan. Bu haqda manbaga tayanib, CNN yozmoqda.

21 noyabr kuni futbol bo`yicha Eron milliy terma jamoasi Qatarda bo`lib o`tgan JCh-2022 guruh bosqichi 1-turi doirasida Angliya terma jamoasiga qarshi o`yin oldidan davlat madhiyasini kuylashdan bosh tortgan. Davlat madhiyasi yangrayotgan paytda Eron terma jamoasi futbolchilari sukut saqlashgan. Dohadagi “Xalifa” stadioni tribunalaridagi muxlislar futbolchilarning bu qarorini olqishlar bilan kutib olishgan.

CNN telekanali xabariga ko`ra, davlat madhiyasini kuylashdan bosh tortgach, futbolchilar Islom inqilobi qo`riqchilari korpusi (KSIR) vakillari bilan uchrashuvga chaqirilgan. Ta`kidlanishicha, uchrashuvda futbolchilarga yana madhiya kuylashdan bosh tortsa yoki hozirda Islom Respublikasida faol bo`lib o`tayotgan siyosiy norozilik va harakatlarni qo`llab-quvvatlasa, ularning oila a`zolari zo`ravonlik va qiynoqlarga duchor bo`lishi va`da qilingan. Shundan so`ng eronlik futbolchilar Uelsga qarshi navbatdagi o`yinda davlat madhiyasini kuylashgan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1