1

Akusherlik  va ginekologiya markazi Sankt-Peterburgdagi tibbiyot forumida tadqiqotlarining taqdimotini o`tkazdi

Jamiyat 29.11.2022, 18:07
Akusherlik  va ginekologiya markazi Sankt-Peterburgdagi tibbiyot forumida tadqiqotlarining taqdimotini o`tkazdi

Akusherlik  va ginekologiya markazi xodimlarining tadqiqotlari noyabr oyida Sankt-Peterburgda "Ottovskie chteniya" akusher ginekologlari uchun o`tkazilgan ilmiy-konferensiyada taqdirlandi. 

Ushbu nufuzli anjumanda O`zbekiston Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbariyati va mutaxassislari tomonidan taqdim etildi. 

Rodovspomojenie (homilador va tug`adigan ayollarga tibbiy yordam) xizmati bosh muassasasining tadqiqot markazida — akusherlikdagi keskin vaziyat masalalari yordam sifatini oshirish rezervi tahlili bilan. 

Xususan, bemorlar og`ir ahvolda qoladigan, lekin omon qolgan «materinskiy sepsis» kabi murakkab asorat va u bilan bog`liq bo`lgan «keskin vaziyatlar» yoki «near-miss» deb atalmish holatlar ko`rib chiqildi.

Near-miss xalqaro termini bemor ahvolining keyingi og`irlashishida turli xil paydo bo`ladigan (rejalashtirilmagan) voqealarni aniq xulosalarga kelish va ularni amalda qo`llash uchun tushunishdan, ushbu keskin holatning katta xususiyatlarini tizimlashtirish, tahlil qilish va ishlov berish zaruratligidan paydo bo`lgan. Xususan, kelajakda bunday keskin vaziyatlarning oldini olish, hamda bemorni og`ir ahvoldan olib chiqib ketish uchun.

Keskin vaziyatlar auditi (AKS) keskin holatdagi bemorlarga qarash paytida haqiqiy qo`ldan boy berilgan imkoniyatlarni qidirish va ularni sistemalashtirishni maqsad qilgan. Aniqlangan qo`ldan boy berilgan imkoniyatlar asosida amaliy tavsiyalar kompleksi ishlab chiqariladi. 

Bunday audit 2020 yilda viloyatlar perinatal markazlarida, hamda Toshkent shahrining 3ta tug`ruq majmualarida o`tkazilgan. 

Hozirgi vaqtda O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi va YuNFPAning hududiy vakolatxonasi ko`magida AKS texnologiyasi O`zbekistonning barcha hududlarida joriy etilgan va har doim uning sifatining, muntazamligining va tizimliligining oshib borishi ustida ish olib boriladi.

Keskin vaziyatlar auditi tug`ruqxonalarda qo`ldan boy berilgan imkoniyatlarning sabablarini tizimlashtirish imkonini beradi. Ular orasida, xususan, samarali shoshilinch tez tibbiy yordam xodimlarining bilimi va ko`nikmalarining etishmasligi, qaysiki, ushbu xizmatning yanada rivojlantirilishini tashkil etishni talab qiladi. Shuningdek, keskin vaziyatlarda Milliy klinik protokollarini joriy etish va ularga aniq rioya qilish ham shularga kiradi. Unday tavsiyalarning amalga oshirilishi bo`yicha ish o`zining ijobiy natijalarini akusherlik amaliyotida keskin vaziyatlarning kamayishi ko`rinishida beradi.   

Shuni ta`kidlash joizki, navbatdagi «Ottovskie chteniya» forumi D,O.Otta nomidagi Rossiya Akusherlik, ginekologiya va reproduktologiya ilmiy-tekshirish institutining yubiley yilida o`tkazildi. Mazkur taniqli ilmiy markaz 225 yoshga to`ldi. 

Forum davomida mutaxassislar reproduktiv salomatlikni o`rganish, saqlash, hamda mustahkamlash bo`yicha tajriba almashdilar. Shuningdek, ushub yo`nalishdagi hamkorlikning yo`llarini belgilab oldilar. 

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1