Erdo`g`on: Turkiya Ukrainadagi mojaroni tinch yo`l bilan hal qilish uchun harakatlarini davom ettiradi

Dunyo 29.11.2022, 19:07
Erdo`g`on: Turkiya Ukrainadagi mojaroni tinch yo`l bilan hal qilish uchun harakatlarini davom ettiradi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on Anqara Ukrainadagi mojaroning tinch yo`l bilan hal etilishi uchun sa`y-harakatlarini davom ettirishini aytdi. Bu haqda u Turkiya hukumati yig`ilishidan so`ng ma`lum qilgan.

Prezidentning ta`kidlashicha, Turkiya Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan shaxsiy uchrashuvlar va telefon orqali muzokaralar o`tkazmoqda. 

"Turkiya hukumati o`tgan haftada bir necha telefon suhbatlari o`tkazdi. Bizning maqsadimiz Rossiya Federasiyasi va Ukraina o`rtasidagi mojaroni tugatish va barqaror tinchlikka erishishdir, biz bu yo`nalishdagi sa`y-harakatlarimizni davom ettiramiz”, - dedi Erdo`g`on.

Avvalroq Erdo`g`on Istanbuldagi chiqishi chog`ida Ukrainadagi vaziyatni diplomatik yo`l bilan hal qilish imkoniyatini ma`lum qilgandi.

Uning fikricha, 22 iyul kuni Rossiya Federasiyasi, Turkiya, Ukraina va BMT ishtirokida tuzilgan g`alla bo`yicha kelishuvning amalga oshirilishi mojaroni diplomatik yo`l bilan hal qilishga yordam berishi mumkin.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1