1

AQSh shtatlaridan birida davlat xizmatchilarining TikTok’dan foydalanishi taqiqlandi

Dunyo 30.11.2022, 15:45
AQSh shtatlaridan birida davlat xizmatchilarining TikTok’dan foydalanishi taqiqlandi

AQShning Janubiy Dakota shtati gubernatori Kristi Noem mahalliy amaldorlarga TikTok ijtimoiy tarmog`idan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda "Zamon.uz" xabar bermoqda.

Gubernatorning fikricha, tarmoq orqali kuzatuv amalga oshirilishi va ma`lumotlar XXR hukumatiga berilishi xavfi bor.

“Janubiy Dakota bizdan nafratlanadigan davlatlarga razvedka ma`lumotlari to`plash bilan shug`ullanmaydi. Xitoy kommunistik partiyasi TikTok orqali Amerika xalqini manipulyasiya qilish maqsadida ma`lumot to`plash bilan shug`ullanadi va ular platformaga ulangan qurilmalarning ma`lumotini to`playdi”, – degan u.

Ushbu qaror darhol kuchga kiradi. Davlat xizmatchilarining ijtimoiy tarmoqni yuklab olishi taqiqlanadi. Shuningdek, shtat hukumati taqdim etgan qurilmalar orqali TikTok saytiga kirish ham mumkin emas.

Noem boshqa shtatlar ham Janubiy Dakota ortidan borishiga umid bildirgan.

Bundan avval Jozef Bayden administrasiyasi TikTok bilan platformaning Qo`shma Shtatlar milliy xavfsizligiga daxldor masalalar bo`yicha faoliyati yuzasidan kelishuvni ishlab chiqqandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1