AsosiyJamiyat

Akmal Burxonov korrupsionerlarni “tarakan” bilan tenglashtirdi

'Akmal Burxonov korrupsionerlarni “tarakan” bilan tenglashtirdi'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burxonov korrupsionerlarni “tarakan”larga o`xshatdi. Bu haqda u o`zining Twitter sahifasida yozib qoldirdi.

“Korrupsionerlar “tarakan”ga o`xshaydi”: ular o`z ishlarini oziq-ovqat ko`p bo`lgan hamda kamdan-kam tozalanadigan joydan boshlashadi”, deydi Burxonov.

Ushbu postning ostiga suvaraklar yorug`likdan qochishi, buning uchun hamma narsani yoritish va uni ommaga etkazish kifoya ekanligi kinoya qilingan sharh qoldirilgan.

Ma`lumot uchun, Akmal Burxonov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, 2020 yil 14 iyuldan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar