1

“O`tiring aravaga!" Andijon hokimi quruvchilarni nogironlar aravachasiga o`tirg`izib ishining sifatini tekshirdi (video)

Jamiyat 30.11.2022, 17:47
“O`tiring aravaga!" Andijon hokimi quruvchilarni nogironlar aravachasiga o`tirg`izib ishining sifatini tekshirdi (video)

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Yangi Andijon shahridagi qurilish ishlari bilan tanishish chog`ida quruvchilarni nogironlar aravachasiga o`tirg`izib ishining sifatini tekshirdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar qildi.

-Har bir qurilayotgan ko`p qavatli uylarga nogironlar aravachasida kirib ko`ramiz, -  degan Shuhratbek Abdurahmonov.

Viloyat rahbari quruvchilardan o`zlari qurgan yo`laklar bo`ylab nogironlar aravachasida harakatlanib ko`rishni va shu tariqa ish sifatini ko`rishini so`ragan

Bir necha kishi aravachaga o`tirib, unda harakatlanishga uringan va noqulayliklarga duch kelgan. Qurilish ishlaridagi kamchiliklar sabab ulardan hech biri ko`p qavatli uyga ham kira olmagan.

"Hozir bitta nogironni hech qaysing uyingga olib kirolmaysan. Ochiq gaplashaylik. Siz sog`siz, tasavvur qiling, nogiron odam bo`lsa, nima qilardi? Bolang, ota-onang, qarindoshing bo`lishi mumkin, bechoralar nima qiladi? Hammang qurdim-qurdim deb ketyapsizlar, hammasi yaxshi deyapsizlar. Nogironlar ham inson, inson qadri deganda ularni ham inobatga olish kerak. Yangi Andijon shahrida shuni inobatga olmasak, hamma qilayotgan ishimiz bir tiyin bo`lmaydimi? Hech qancha yurganing yo`q, uyning ichiga hali kirolmading ham, kiradigan yo`l ham yo`q», — dedi Shuhrat Abdurahmonov.

Viloyat rahbari qurilishda qo`shimcha ishlar tashkil qilish, insonlarga qulaylik yaratish yo`lida yangi, zamonaviy, o`zini oqlagan yondashuvlardan faol foydalanish zarurligini ta`kidlab o`tgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1