1

Surxondaryoda "Jiguli” haydovchisi 30 bosh qo`yni urib yubordi

Jamiyat 01.12.2022, 18:43
Surxondaryoda "Jiguli” haydovchisi 30 bosh qo`yni urib yubordi

Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga rasman izoh berdi.

"2022 yil 30 noyabr kuni 05:30 lar chamasi 102 qisqa raqami orqali kelib tushgan xabarga ko`ra, Sariosiyo tumani M41 avtomobil yo`lining 1460 km,  “Shahriobod” mahallasi hududida 1980 yilda tug`ulgan fuqaro R.K. boshqaruvida bo`lgan "Jiguli VAZ-2106" rusumli  75 F 886 HA davlat raqam belgili avtomashinasi bilan “Denov-Chegara” yo`nalishi bo`ylab boshqarish vaqtida, shu yo`nalishda harakatlanib ketayotgan  “Nazarsoy” fermer xo`jaligiga tegishli 763 bosh qo`ylarning 30 tasini urib yuborgan.

Hozirda holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB YHXG masul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda", deyiladi rasmiy izohda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1