"Sirdaryoda "Jiguli" haydovchisi itini o`ldirib, kallasini mashinaga yopishtirib, aylanib yuribdi"

Jamiyat 01.12.2022, 19:48
"Sirdaryoda "Jiguli" haydovchisi itini o`ldirib, kallasini mashinaga yopishtirib, aylanib yuribdi"

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Sirdaryoda "Jiguli" haydovchisi itini o`ldirib, kallasini mashinaga yopishtirib, aylanib yurgani aytildi" mazmunida xabarlar tarqaldi. 

Ushbu holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB mas`ul xodimlari tomonidan zudlik bilan choralar ko`rilib avtomashina haydovchisi aniqlanib holatga oydinlik kiritildi. 

"Avtomashina haydovchisi Guliston shahrida yashovchi 1988 yilda tug`ilgan fuqaro A.A joriy yilning 28 noyabr kuni o`ziga qarashli fermadan yashash xonadoniga itini olib ketish maqsadida avtomashinasini yukxonasiga joylab olib ketayotgan vaqtda iti avtomashina yoqilg`i quyish baki qopqog`idan boshini chiqarib olgan holatida ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan suratga olinib noto`g`ri talqin qilinib tarqatilgan.

"Holat yuzasidan mas`ul xodimlar tomonidan haydovchiga profilaktik tushuntirishlar berilib, xavfsizlik qoidalariga amal qilishlik yuzasidan ogohlantirildi", deyiladi bayonotda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1