O`zbekiston Gidrometeorlogiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° iliq, shimolda 0-5° sovuq bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qor yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° sovuq bo`ladi.






