84 mln. so`mlik salyutlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi, deya xabar bermoqda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari hamda viloyat IIB YHXB xodimlari bilan xamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga doir navbatdagi huquqbuzarlikni o`z vaqtida fosh etishdi.
Andijon viloyati Oltinko`l tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.K.ga tegishli bo`lgan “Hyundai Porter II” rusumli avtotransport vositasi o`rnatilgan tartibda ko`zdan kechirildi.
Natijada, avtotransport vositasida mamlakatimiz hududiga noqonuniy ravishda olib kirilgan qiymati 84 million so`mlik 560 dona “7SHOTS” nomli salyutlar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






