O`zbekiston Gidrometeorlogiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, 1 dekabrdan O`zbekiston hududiga G`arbiy Qozog`iston orqali Ural hududlari ustida shakllangan sovuq havo massasi kirib keldi. Keyingi kunlarda sovuq havoning kirib kelishi respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Sovuq antisiklon ta`siri dam olish kunlari ham saqlanib turadi. Havo harorati kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, shimolda kechalari 10-13 osovuq, ba`zi joylarda 15-17 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7 daraja sovuq atrofida bo`ladi. Respublikaning barcha hududlarida kuchsiz shamol bilan quruq ob-havo bo`lishi kutimloqda.






