AsosiyJamiyat

Cheklovlar metan zapravkalardagi gaz narxlarini oshirishga sabab bo`lmaydi

'Cheklovlar metan zapravkalardagi gaz narxlarini oshirishga sabab bo`lmaydi'ning rasmi

Kuz-qish mavsumida ob-havoning sovushi sababli  ayrim hududlarda metan gaz quyish shoxobchalarida cheklovlar kiritish  to`g`risida mutasaddi idoralar tomonidan axborot berlgan edi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan metan gaz narxlari doimiy monitoring qilib borilayotganligi va tadbirkorlar tomonidan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida metan gazi narxlarini sun`iy ravishda oshirish holati  aniqlangan taqdirda mansabdor shaxslarga belgilangan tartibda tegishli chora ko`rilishi ma`lum qilmoqda. 

"Metan gaz quyish shoxobchalaridagi cheklovlar avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tomonidan metan gazi narxlarining oshishiga sabab bo`la olmaydi.  

️Bu borada Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan barcha hududiy boshqarmalariga aniq topshiriqlar berilgan va ular tomonidan nazorat ishlari olib borilayotganligi to`g`risida ogohlantiramiz", - deydi qo`mita axborotida.

    Boshqa yangiliklar