Toshkent — Xiva — Toshkent yo`nalishi bo`yicha 2022 yilning 12 dekabr kunidan qo`shimcha yo`lovchi poezd qatnovi yo`lga qo`yiladi. Bu haqda “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
76-sonli "Toshkent — Xiva" yo`nalishi 2022 yilning 12 dekabr sanasidan boshlab haftaning har dushanba kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
Toshkent 14:00 — Xiva 04:57
75-sonli "Xiva — Toshkent" yo`nalishi 2022 yilning 13 dekabr sanasidan boshlab, haftaning har seshanba kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
Xiva 14:47 — Toshkent 06:34
IZOH: Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishi mumkin. Eslatib o`tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo`l kassalaridan yoki elektron tarzda ushbu havola orqali harid qilish mumkin: https://chipta.railway.uz/ru/home






