Transport boshqarmasi formasiga Qashqadaryo Respublikasi deb yozgan xodim jazolandi

Jamiyat 03.12.2022, 20:06
Transport boshqarmasi formasiga Qashqadaryo Respublikasi deb yozgan xodim jazolandi

Ijtimoiy tarmoqda keng muhokamaga sabab bo`lgan, Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi inspektori xizmat kiyimidagi “Qashqadaryo Respublikasi” yozuvi bilan bog`liq holat bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi. 

Ushbu holat tegishli ishchi guruh tomonidan o`rganilib, quyidagi xulosaga kelingan. Transport vazirining 2021 yil 29 oktyabrdagi 208-sonli buyrug`iga asosan, xizmat kiyimi bo`yicha qator tavsiflar tasdiqlangan bo`lib, boshqarma inspektori H.J. tomonidan mazkur talablardan biri qo`pol ravishda buzilgan.

Shuni hisobga olib, inspektor H.J.ga hamda o`ziga yuklatilgan vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan bir qator xodimlarga tegishli tartibda intizomiy choralar ko`rildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1