1

Narxlarni asossiz oshirgan Metan "zapravkalar" haqida xabar berish so`ralmoqda

Jamiyat 04.12.2022, 09:33
Narxlarni asossiz oshirgan Metan "zapravkalar" haqida xabar berish so`ralmoqda

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi tomonidan barcha hududiy boshqarmalariga metan gaz narxlarini sun`iy ravishda oshirish holatlarini oldini olish bo`yicha aniq topshiriq berilganligini ma`lum qilindi.

️"Ushbu masalada hududiy boshqarmalar tomonidan doimiy nazorat o`rnatilgan bo`lib, barcha AGTShKlarga narxlarni asossiz oshirmaslik va xizmat ko`rsatishni asossiz to`xtatmaslik bo`yicha ogohlantirishlar berilgan", - deyiladi qo`mita xabarida.

Shu munosabat bilan, hududingizda faoliyat ko`rsatayotgan AGTShKlar tomonidan narxlarni asossiz oshirish,  xizmat ko`rsatishni asossiz rad etish yoki qo`shimcha haq evaziga qonunchilikda belgilanmagan xizmatlarni ko`rsatish holatlari kuzatilsa quyidagi ishonch raqamlariga telefon qilishingiz so`ralmoqda.

Qoraqalpog`iston Respublikasi - (+998) 61-222-30-11

Andijon viloyati - (+998) 74-225-13-44

Buxoro viloyati - (+998) 65-221-59-36

Jizzax viloyati - (+998) 72- 226-11-09

Qashqadaryo viloyati - (+998) 75-225-11-17

Navoiy viloyati - (+998) 79-220-62-09

Namangan viloyati - (+998) 69-233-25-15

Samarqand viloyati - (+998) 66-233-31-33  

Sirdaryo viloyati - (+998) 67-226-37-00  

Surxondaryo viloyati - (+998) 76-223-39-57  

Toshkent viloyati - (+998) 70-202-01-99  

Farg`ona viloyati - (+998) 73-244-66-26  

Xorazm viloyati - (+998) 62-228-51-15  

Toshkent shahri - (+998) 71-233-76-86  

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1