AsosiyJamiyat

Navoiyda anomal darajada sovuqlik: termometr -23 darajani qayd etdi

'Navoiyda anomal darajada sovuqlik: termometr -23 darajani qayd etdi'ning rasmi

Navoiy viloyatining shimoliy hududlarda joylashgan meteorologik stansiyalarining bergan ma`lumotlariga ko`ra, Uchquduq, Tomdi tumanlari hamda Zarafshon shahrida (-11)-(-14) darajada sovuqlik kuzatilmoqda. 

Viloyatning shimoliy Qizilqum hududlarida joylashgan "Oqbaytal" meteorologik stansiyasi -20 darajali sovuqlikni, tuproq yuza qatlamidagi termometr ustunchasi  -23 darajali sovuqlikni qayd etgan.

Eslatib o`tamiz, kecha Nukusda havo harorati -16,2 darajagacha sovuq bo`lgan edi.

    Boshqa yangiliklar