1

Ukrainaning Astonadagi elchixonasiga portlovchi qurilma o`rnatilgani haqida xat keldi

Dunyo 04.12.2022, 13:32
Ukrainaning Astonadagi elchixonasiga portlovchi qurilma o`rnatilgani haqida xat keldi

Ukrainaning Astonadagi elchixonasi binosiga portlovchi qurilma o`rnatilgani haqida xat yuborgan hujumchilar Qozog`iston polisiyasi tomonidan qidirilmoqda. Bu haqda 4 dekabr kuni respublika IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ukraina elchixonasi konsuli polisiya bilan bog`lanib, 1 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:08da elektron pochta orqali binoni minalashtirilgani haqidagi ma`lumot yozilgan xat kelib tushganini ma`lum qilgan. Mahalliy vaqt bilan soat 17:50da bu ma`lumot tuman IIBga etkazilgan.

Ukrainaning Ostonadagi elchixonasi binosi xodimlari va tashrif buyuruvchilar evakuasiya qilinmagan holda tekshiruv o`tkazilgan. Ukraina diplomatik missiyasi hududida portlovchi qurilmalar va shubhali narsalar topilmagan.

Eslatib o`tamiz, 24 noyabrdan 2 dekabrgacha bo`lgan davrda Ukrainaning turli mamlakatlardagi elchixonalariga tahdid va portlovchi moddalar yozilgan xatlar kelib tushgan. Xat jo`natuvchilar hali aniqlanmagan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1