1

20 darajagacha sovuq… “O`zgidromet” joriy haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi

Jamiyat 05.12.2022, 13:30
20 darajagacha sovuq… “O`zgidromet” joriy haftada kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy hafta uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 
Unga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`yicha vaqti-vaqti bilan qor yog`adi, tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kam bulutli va quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kunduzi 3 daraja sovuq -2 daraja iliq, shimolda 4-9daraja sovuq bo`ladi.

Ertaga faqat respublikaning sharqiy hududlarida beqaror ob-havo saqlanib turadi. O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, tog` oldi va tog`li hududlarda kechasi va kunning birinchi yarmida qor yog`adi. Havo harorati kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, respublikaning shimoliy hududlarida kechasi 13-15o sovuq, ba`zi joylarda 20 daraja sovuqgacha, kunduzi 4-9daraja sovuq atrofida bo`ladi.

So`ng ish haftasining oxirigacha O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat respublikaning janubi-sharqiy hududlarida, asosan tog` oldi va tog`li hududlarda 7-8 dekabr kunlari ba`zi joylarda biroz qor yog`adi. Havo harorati kechalari 3-8 daraja sovuqni, ba`zi joylarda 10 daraja sovuqgachani, kunduz kunlari 3 daraja sovuq-2 daraja  iliqni, respublikaning shimoliy hududlarida kechasi 8-13 daraja sovuqni, ba`zi joylarda 15-20 daraja sovuqgachani, kunduz kunlari 2-7 daraja sovuqni tashkil etadi.

Respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushadi, yo`llarda yaxmalak hodisalari kuzatiladi.

O`zgidromet issiqroq kiyinishni, shuningdek yo`llarda ehtiyot choralarini ko`rishni tavsiya etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1