Polizchilik shirkatiga tegishli er maydonini o`zlashtirgan firibgarlar aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Departamentning Piskent tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.G.” polizchilik shirkati rahbari B.G., Davlat kadastrlar palatasi Piskent tumani filiali mutaxassisi M.Yu. va boshqalar shirkatning “Namuna” MFY hududidagi 6,8 sotix er maydonini 3 nafar fuqaroga jami 35 mln so`m evaziga egalik huquqini beruvchi kadastr hujjatlarini tayyorlab berganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






