Putin portlashdan keyin qayta tiklangan Qrim ko`prigiga bordi (video)

Dunyo 05.12.2022, 22:41
Putin portlashdan keyin qayta tiklangan Qrim ko`prigiga bordi (video)

Vladimir Putin Qrim ko`prigining qayta tiklangan avtomobil qismi bo`ylab mashina haydab, quruvchilar bilan suhbatlashdi. Prezidentga Bosh vazir o`rinbosari Marat Xusnullin hamrohlik qildi.

Prezident ko`prikni ko`zdan kechirar ekan, uni mukammal holatga keltirish bo`yicha topshiriq berdi.

“Biz o`ng tomonda ketyapmiz. Ko`prikning chap tomoni, men tushunganimdek, ish holatida, ammo shunga qaramay, uni tugatish kerak. Siz uni ideal holatga keltirishingiz kerak",—dedi Vladimir Putin.

"Agar siz ko`rsatma bersangiz, biz uni ham xuddi shunday holatga keltiramiz",–Marat Xusnullin.

Ma`lumot uchun, terakt oqibatida inshootlar suvga qulagan Qrim ko`prigining o`ng tomonidagi yo`laklardan biri bo`ylab avtomobillar harakatga keltirildi. Ramkalarni almashtirish uchun ikki oydan kamroq vaqt ketdi.

Avvalroq avtomobillar uchun yana ikkita yo`lak ochilgan edi. Ko`prikda faqat transport vositalariga ruxsat beriladi. Yuk mashinalari paromlarda yoki aylanma yo`llar bilan tashiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1