AsosiyJamiyat

Rossiyaning ​​“Aeroflot” aviakompaniyasi Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga muntazam parvozlarni yo`lga qo`ymoqchi

'Rossiyaning ​​“Aeroflot” aviakompaniyasi Sankt-Peterburgdan Toshkent va Samarqandga muntazam parvozlarni yo`lga qo`ymoqchi'ning rasmi

Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi Sankt-Peterburg — Toshkent va Sankt-Peterburg — Samarqand yo`nalishlari bo`yicha muntazam parvozlarni amalga oshiradi.

Sankt-Peterburgdan Toshkentga birinchi yo`lovchi reysi 17 dekabrga belgilangan. Parvozlar Boeing 738 samolyotlarida haftasiga uch marta — chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Sankt-Peterburgdan Samarqandga reyslar ham haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari Boeing 738 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Birinchi parvoz 16 dekabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Ammo reys 2022 yil 16 dekabrdan 20 dekabrga ko`chirildi.

"Aeroflot — Rossiya havo yo`llari" shtab-kvartirasi Moskvada joylashgan Rossiyaning davlat-xususiy aviakompaniyasidir. Aeroflot guruhiga, shuningdek, "Rossiya" aviakompaniyasi va "Pobeda" loukoster aviakompaniyalari kiradi.

    Boshqa yangiliklar