Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning noyabr oyida respublika bo`yicha 34 735 ta nikoh holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.
Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 309 taga oshgan.
Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni:
— Qoraqalpog`iston R. – 1357 ta
— Andijon viloyati – 3396 ta
— Buxoro viloyati – 1776 ta
— Jizzax viloyati – 1463 ta
— Qashqadaryo viloyati – 4188 ta
— Navoiy viloyati – 712 ta
— Namangan viloyati – 2986 ta
— Samarqand viloyati – 4196 ta
— Surxondaryo viloyati – 3593 ta
— Sirdaryo viloyati – 874 ta
— Toshkent viloyati – 2360 ta
— Farg`ona viloyati – 3864 ta
— Xorazm viloyati – 1875 ta
— Toshkent shahri – 2095 tani tashkil etmoqda.






