AsosiyJamiyat

Andijonda bojxonachilar 3 mlrd. 714 mln. so`mlik nayrangni fosh etishdi

'Andijonda bojxonachilar 3 mlrd. 714 mln. so`mlik nayrangni fosh etishdi'ning rasmi

Turli qing`ir yo`llar bilan yurtimizga tovar moddiy boyliklarini noqonuniy yo`llar bilan olib kirishga bo`lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do`stlik” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro N.M. boshqaruvidagi “VOLVO” rusumli yuk avtoulovi o`rnatilgan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi, deya xabar bermoqda boshqarma matbuot xizmati.  

Natijada avtomashinada tegishli hujjatlari bo`lmagan hamda sifati kafolatlanmagan umumiy qiymati 3 mlrd. 714 mln. so`mlik 22 dona reklama bannerlari, 2 000 dona telefon akkumulyatorlari, 34 000 dona kanselyariya tovarlari, 6 000 dona termos, 341301 dona tibbiyot vositalari borligi aniqlandi.  

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar