AsosiyJamiyat

️Sug`urtaning barcha turlari elektron shaklda sotiladi va rasmiylashtiriladi

'️Sug`urtaning barcha turlari elektron shaklda sotiladi va rasmiylashtiriladi'ning rasmi

Hukumat qarori (694-son, 05.12.2022 y.) bilan Elektron turdagi sug`urta xizmatlarini ko`rsatish tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Nizomga ko`ra:  

  • ️sug`urtaning barcha turlari (klasslari) elektron shaklda sotiladi va rasmiylashtiriladi hamda ularning haqiqiyligini tekshirish sug`urta qildiruvchi va sug`urtalovchi o`rtasida ma`lumotlar almashinuvi yo`li bilan sug`urta tashkilotining axborot tizimida va internet resursida amalga oshiriladi;

 

  • sug`urta shartnomasini tuzish uchun sug`urta tashkilotining axborot tizimi orqali ariza beriladi va tegishli ma`lumotlar avtomatik tarzda to`ldiriladi;  

 

  • sug`urta polislari ro`yxatga olinib, ularning aylanmasi bo`yicha monitoring olib boriladi.

 

Sug`urta shartnomasi Yagona axborot tizimida ro`yxatga olish va sug`urta polisiga noyob raqam berish orqali tuziladi.

 

  • 2022 yil 31 dekabrgacha barcha sug`urta polislarini ro`yxatga oluvchi va ularning aylanmasini nazorat qiluvchi yagona axborot tizimi joriy etiladi hamda barcha sug`urta kompaniyalarining axborot tizimlari bilan integrasiya qilinadi.  

 

  •  2023 yil 1 martgacha ichki ishlar organi xodimlarining ishtirokisiz rasmiylashtiriladigan yo`l-transport hodisasi to`g`risidagi xabarnoma onlayn tarzda yuborilishini hamda ko`rib chiqilishini amalga oshirish bo`yicha yagona mobil ilova ishga tushiriladi.  

 

  •  2023 yil 1 iyulgacha yagona mobil ilova orqali boshqa majburiy va ixtiyoriy sug`urta turlari bo`yicha sug`urta da`volariga oid arizalar onlayn tarzda yuborilishi hamda ko`rib chiqilishi amaliyotga joriy etiladi.

 

Shuningdek, 2023 yil 1 iyulgacha “Qishloq xo`jaligi tavakkalchiliklarini sug`urtalash to`g`risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.  

 Ma`lumot uchun: Prezident qaroriga muvofiq, sug`urtaning barcha turlari (klasslari)ni elektron shaklda amalga oshirishga ruxsat berilgan.

    Boshqa yangiliklar