Toshkentning ayrim tumanlarida tabiiy gaz ta`minotidagi uzilishlar isitish sifatiga ham ta`sir qilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimlii ma`lum qildi.
Ta`kidlanishicha, issiqlik energiyasi “Toshissiqlikmarkaz” hamda “Toshkent IES” (90%) va "Veolia Energy Tashkent" mahalliy qozonxonalarida tabiiy gazdan foydalangan holda ishlab chiqariladi (10%).
Issiqlik parametrlari "Veolia Energy Tashkent" ning harorat jadvaliga muvofiq o`rnatiladi. Undan keyin esa ishlab chiqarilgan jami issiqlik energiyasini kompaniya iste`molchilarga etkazadi. Shu tariqa, shahar issiqlik ta`minoti korxonalariga bosimi pasaytirilgan gaz etkazilib, o`rnatilgan parametrlar to`liq ta`minlanmayapti.
Qayd etilishicha, kompaniya vaziyatni yaxshilash uchun kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda. Mutaxassislar muammoli hududlarni aniqlash uchun joylarga borib, issiqlik ta`minoti korxonalari bilan birgalikda issiqlik energiyasini qayta taqsimlash bo`yicha ishlarni muvofiqlashtirmoqda.






