1

Manzura: “Nega turmushga chiqmayapsiz?” degan savoldan charchadim

Shou-biznes 13.09.2016, 14:24
Teglar: Xonanda, Shou-biznes, Oila
Manzura: “Nega turmushga chiqmayapsiz?” degan savoldan charchadim

Xonanda Manzura “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida ijodi va shaxsiy hayoti bilan bog`liq ko`plab savollarga javob berdi. 

— Yaqindagina ma`muringizni o`zgartiridingiz. Sabab?

— Bizning hayotimizda hammaning o`z vazifasi bor. Oldingi ma`murimning ham men bilan ishlash vaqti o`z yakuniga etgandan so`ng, u bilan xayrlashdik.  Hozir ko`pni ko`rgan, san`atni tushunadigan, iqtidorli san`atkor, yigirma yillik  do`stim Nodir bilan hamkorlikni boshladik. 

— Intervyularda nima haqida gaplashishni istamaysiz?

— “Nega turmushga chiqmayapsiz?”, “To`y qachon?” degan savollar hiqildog`imga kelgan! Ijtimoiy tarmoqlarda ham har kuni shu savol. Gap  bu savol menga yoqmasligida ham emas, shunchaki bu savoldan juda charchadim.

— “Lazgi” qo`shig`ingiz biroz tanqidga uchragan edi. Klipdagi qora ranglarni haddan ziyod ishlatilganligi, raqslar...

— Demak, ishimiz natija beribdi! Tomoshabinlarning aksariyati milliy qo`shiq yoki milliy raqs deganda faqat qadimiy minoralarning yonida turib milliy liboslarda bir xil harakatlarni bajarishni tasavvur qilishdi. Biz esa bu klip orqali ayrim narsalarga o`zgartirish kiritdik. Qora  ranglarning ko`pligiga kelsak, bu tanqid qilishga arzugilik sabab emas. Klipning rassomi uni shunday ko`rinishda tasavvur qilgani uchun ham, shu taxlit suratga olingan. Biz dunyo standartlariga javob beradigan etno-klip qilganmiz. Natija yomon emas, yaxshi fikrlarni ham ko`p eshitdik. 

Xonanda bilan to`liq intervyuni “Darakchi” gazetasining payshanba kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida o`qishingiz mumkin.

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Mashhur xonanda 61 yoshida vafot etdi

10.12.2019, 20:06

 Taniqli shved guruhi — «Roxette» solisti Mari Fredriksson 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Shvesiya OAVlariga asoslanib xabar berildi.Dagens Nyheter nashrining yozishicha, xonanda uzoq yillar davomida saraton xastaligiga...
O`zbekistonda qancha oila faqat sha`riy nikoh asosida yashagani aniqlandi

14.11.2019, 18:36

 O`zbekistonda FHDYo organlari hokimliklar tasarrufiga o`tkazilgach, faqatgina sha`riy nikoh bilan yashab kelgan 20 ming 350tadan ortiq oila aniqlanib, ularning nikohi qonuniylashtirildi.Bu haqda 13 noyabr kuni oila...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1