AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi tez yordam xizmatiga o`tgan bir sutka ichida 37 mingdan ortiq chaqiriq kelib tushdi — SSV

'O`zbekistondagi tez yordam xizmatiga o`tgan bir sutka ichida 37 mingdan ortiq chaqiriq kelib tushdi — SSV'ning rasmi

O`zbekistondagi tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Sog`liqni saqlash vazirligida uzluksiz ish olib boradigan shtab tashkil etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha 5 dekabr ertalabki soat 08:00 dan 6 dekabr 08:00 gacha mazkur shtabga O`zbekistondagi tez tibbiy yordam xizmati faoliyati bo`yicha ma`lumotlar kelib tushgan. Xususan, o`tgan bir stukada tez yordam xizmatiga 37 336 ta chaqiriq kelib tushgan bo`lsa, «103» xizmatida jami 2733 ta tibbiyot brigadasi faoliyat ko`rsatmoqda.

Eng ko`p chaqiriqlar:

  • Andijon viloyati — 4 491 ta;
  • Farg`ona viloyati — 4 450 ta;
  • Namangan viloyati — 3 821 ta;
  • Toshkent shahri — 3 665 ta;
  • Toshkent viloyati — 3 178 ta.

Mamlakat bo`yicha shifoxonaga yotqizilgan bemorlar soni:

  • kattalar — 2 462 nafar;
  • bolalar — 829 nafar.
  • Shuningdek, 2 568 nafar chaqaloq dunyoga kelgan.

Koronavirus aniqlangan bemorlar:

  • 18 yoshgacha — 31 nafar;
  • kattalar — 89 nafar;
  • jami — 120 nafar.

Shundan 79 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

    Boshqa yangiliklar