AsosiyJamiyat

"Muddatidan avval tug`ilgan uch nafar egizakni vakuumga solish uchun elektr ta`minoti yo`q edi" Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga SSV rasmiy izoh berdi

'"Muddatidan avval tug`ilgan uch nafar egizakni vakuumga solish uchun elektr ta`minoti yo`q edi" Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga SSV rasmiy izoh berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “uch nafar egizak muddatidan avval tug`ilgani, biroq ularni vakuumga solish uchun elektr ta`minoti yo`q” degan mazmundagi bilan videolavha tarqaldi.

Sog`liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma`lum qiladi:

Yurtimizda joriy yil boshidan shu kungacha 8 289 ayol egizak chaqaloqni dunyoga keltirgan. Ulardan 8 190 nafari ikki, qolgani ikkitadan ko`p farzand ko`rgan. 

Xususan, shu yil noyabr-dekabr oylarida uch egizakdan iborat chaqaloqlar To`rtko`l tibbiyot birlashmasi tug`uruq bo`limi, Toshkent, Sirdaryo, Navoiy, Farg`ona, Xorazm, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Samarqand viloyatlari perinatal markazlari hamda Respublika perinatal markazida tug`ilgan.

Biroq mazkur tug`uruq komplekslarining hech birida yuqorida keltirilgan davrda elektr ta`minotida uzilishlar kuzatilmagan. Qolaversa, shunday holat yuz bergan taqdirda ham, perinatal markazlar avtonom generatorlar bilan to`liq ta`minlangan.

Yuqorida sanasi va manzili qayd etilmagan videotasvirga kelsak, neonatologlar xulosasiga ko`ra, lavhada ko`rsatilgan har uch chaqaloq ham faol, teri ranglari pushti hamda barcha belgilari xalqaro qabul qilingan salomatlik mezonlariga to`liq mos keladi. Shu bois, ular vakuum apparatida emas, ona bag`rida bo`lishlari zarur.

Shunday ekan, blogerlardan ijtimoiy tarmoqlar orqali asossiz, tekshirilmagan va noto`g`ri ma`lumotlarni tarqatmasliklarini so`raymiz. 

 

    Boshqa yangiliklar