AsosiyJamiyat

⚡️Elektr va gaz borasida yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal qilish uchun tunu kun ishlaydigan shtablar tashkil etildi

'⚡️Elektr va gaz borasida yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal qilish uchun tunu kun ishlaydigan shtablar tashkil etildi'ning rasmi

Prezident Administrasiyasida joriy yil yakuni bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda kutilayotgan natijalar va energetikadagi vaziyat bo`yicha yig`ilish o`tkazildi. Yig`ilishda videoaloqa orqali barcha hududlar rahbarlari ishtirok etdi, deya xabar qildi O`zA.

Administrasiya rahbari Sardor Umurzakov raisligida keskin tanqidiy ruhda o`tgan yig`ilishda qish mavsumini betalafot o`tkazish uchun mas`ul mutasaddilar ishidagi jiddiy kamchiliklar ko`rsatib o`tildi, mavsumga tayyorgarlik ishlaridagi qoloqliklar, yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish choralar tezkor qabul qilinmagani va umuman sustligi yuzasidan jiddiy e`tirozlar bildirildi.

Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib ta`minlash masalalarini tezkor va tizimli hal etib borish maqsadida Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligida kunu tun ishlaydigan shtablar tashkil etish topshirildi.

Bu masalalar bo`yicha kunlik nazorat o`rnatish uchun Prezident maslahatchilari va Bosh vazir o`rinbosarlari har bir viloyat hokimiga biriktiriladigan bo`ldi.

Shtablar va biriktirilgan rahbarlar alohida e`tiborni quyidagilarga qaratadi:

➖elektr energiyasi va tabiiy gaz ishlab chiqarish hamda ularni iste`molchilarga etkazib berish;

➖ aholi, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari uchun ko`mir va suyultirilgan gaz etkazib berish;

➖ qo`p qavatli uy-joylarga xizmat ko`rsatuvchi qozonxonalarning ishlash holatini nazorat qilish va boshqalar.

 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar