Avval xabar qilganimizdek, Prezident Administrasiyasida joriy yil yakuni bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda kutilayotgan natijalar va energetikadagi vaziyat bo`yicha yig`ilish o`tkazildi.
Yig`ilishda yuzaga kelgan vaziyatni normallashtirish bo`yicha aniq chora-tadbirlar ko`rib chiqildi. Jumladan:
➖ tovar gaz etkazib berish hajmini sutkasiga 5 million kub metrga oshirish;
➖ 2023 yil 1 martga qadar davlat idoralari tasarrufidagi siqilgan gazda harakatlanadigan avtomobillardan foydalanishni taqiqlash, ularni benzinga o`tkazish;
➖ xorijiy davlatlar bilan qo`shimcha tabiiy gaz, elektr energiyasi, ko`mir, mazut xarid qilish bo`yicha muzokaralarni jadallashtirish;
➖ 2 oy muddatga AI-80 benzini importi uchun aksiz solig`i va uni chakana sotish uchun aksiz solig`ini hisoblash va undirishni to`xtatib turish;
➖ birja sotuvlariga qo`yilayotgan AI-80 benzining kunlik hajmini oshirish;
➖ AI-80 benzini narxining asossiz oshirilishiga yo`l qo`ymaslik, narx oshishi boshlang`ich narxning 5 foizidan ortiq bo`lmasligini ta`minlash.