Xo`sh, tibbiy tahlillarsiz ushbu kasalliklarni bir-biridan qanday farqlash mumkin? Xorijlik olimlar bu boradagi xulosalari bilan o`rtoqlashdi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
Ularning fikricha, gripp virusining inkubasiya davri ancha qisqa — 1-2 kunni tashkil etadi. Koronavirusning yashirin muddati esa uzoqroq — 4-6 kun davom etadi. Demak, grippga chalingan bemor bilan muloqotdan bir kun o`tib, betob bo`lib qolsangiz, sizga ham mazkur infeksiya yuqqani ehtimoli yuqori.
Qolaversa, odatiy gripp ko`pincha mushak, bo`g`im va suyaklar hamda bosh og`rig`ini keltirib chiqaradi.
Har ikki xastalik tana haroratining keskin ko`tarilishi, tomoq og`rig`i, yo`tal va umumiy holsizlik bilan boshlanadi. Burun oqishi va 37 daraja atrofidagi isitma esa boshqa o`tkir respirator virusli infeksiyalarga xos. Lekin aniq tashxis uchun PZR-test talab etiladi.
Shunga qaramay, har ikki kasallikning engil shakllarida stasionar muolaja choralari bir xil: yotoq rejimi, ko`proq suyuqlik ichish, harorat 38 darajadan oshganda va bosh og`riganda isitma tushiruvchi hamda og`riq qoldiruvchi dorilar ichish talab etiladi. Eng muhimi, uy sharoitidagi muolajalar kamida bir hafta davom etishi kerak.






