1

Ittifoq tuzilmaydi. Peskov O`zbekiston energetika vazirining so`zlarini tasdiqladi

Dunyo 08.12.2022, 21:24
Ittifoq tuzilmaydi. Peskov O`zbekiston energetika vazirining so`zlarini tasdiqladi

Avvalroq O`zbekiston Rossiya va Qozog`iston bilan gaz ittifoqi tuzish g`oyasidan voz kechgani haqida xabar bergan edik.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi O`zbekiston energetika vazirining so`zlarini tasdiqladi.

O`zbekiston bosh vaziri o`rinbosari, energetika vaziri Jo`rabek Mirzamahmudov Rossiya bilan tabiiy gaz bo`yicha hamkorlik hech qanday siyosiy shartlar asosida emas, faqatgina tijoriy kelishuv bo`yicha shartnoma tuzilishini aytgan edi. 
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko`ra, “siyosiy shartlar evaziga gaz” haqida hech qanday so`z ketmayapti. Gap tijoriy tomon, ishtirokchi mamlakatlar manfaatlariga mos harakatlarni muvofiqlashtirish haqida bormoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1