Evropa chempionalr ligasi 1-tur uchrashuvlarida qiziqarli va kutilmagan natijalar qayd etildi. Jumladan, “S” guruhida “Barselona”, “D” guruhida “Bavariya” o`ta yirik g`alabalarni qo`lga kiritdi.
“Barselona” o`z maydonida “Seltik” futbolchilarini qabul qilib, 7 ta gol kiritishga muvaffaq bo`ldi. Mazkur o`yinda Lionel Messi xet-trik qayd etgan bo`lsa, Luis Suares dubl muallifiga aylandi. Yana bittadan golni Neymar va Inesta kiritishdi.
“D” guruhida “Bavariya” futbolchilari o`z maydonida Rossiya vise-chempioni “Rostov”ni qabul qildi. Ushbu o`yinda myunxenliklar 5:0 hisobida zafar quchdi.