1

Farg`onadagi zavodning gazdan uzilishiga norozilik bildirganlar qamaldi

Jamiyat 09.12.2022, 09:48
Farg`onadagi zavodning gazdan uzilishiga norozilik bildirganlar qamaldi

Sal avval "Farg`onada sanoat korxonalaridan gaz uzib qo`yilishi natijasida 10 minglab aholi ishsiz qolgani, ular gaz ulab berilishini so`rab, ko`chaga chiqishgani haqida xabar tarqaldi.

Holat bo`yicha IIV matbuot xizmati ma`lumot berdi.

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 29 noyabr kuni aholiga tabiiy gazni ko`proq etkazib berish maqsadida O`zbekiston tumani, Sho`rsuv MFYda joylashgan “ALBUS” gips ishlab chiqaruvchi zavodi oldindan tuzulgan shartnoma shartlariga binoan tuman gaz idorasi tomonidan gaz quvuridan uzilgan. Joriy yilning 6 dekabr kuni zavodning 20 nafar ishchilari yuqoridagi holatni noto`g`ri talqin qilib, o`zboshimchalik bilan jamoat tartibiga qarshi nozoriliklarni uyushtirgan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston tuman IIB tomonidan zavodning jami 7 nafar ishchilariga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 201-moddasi (yig`ilishlar, mitinglar, ko`cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o`tkazish tartibini buzish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga taqdim qilingan.

Jinoyat ishlari bo`yicha O`zbekiston tuman sudi 07.12.2022 yil kuni huquqbuzarlarning 1 nafariga 10 sutka, 6 nafariga 5 sutkadan ma`muriy qamoq jazosi tayinlagan.

Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1