Qurbon hayiti munosabati bilan O`zbekiston rahbariyati va xalqiga qutlovlar kelmoqda

Jamiyat 14.09.2016, 10:31
Qurbon hayiti munosabati bilan O`zbekiston rahbariyati va xalqiga qutlovlar kelmoqda

Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan O`zbekiston rahbariyati va xalqiga xorijiy mamlakatlar rahbarlari nomidan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda O`zbekiston xalqiga tinchlik-xotirjamlik, ravnaq va farovonlik tilab, ezgu istaklar bildirilgan, deb xabar beradi O`zA. 

Jumladan: 

Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi – Salmon bin Abdulaziz Ol Saud 

Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi raisining o`rinbosari, ichki ishlar vaziri – Muhammad bin Noyif bin Abdulaziz Ol Saud 

Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi o`rinbosari, Vazirlar Mahkamasi raisining ikkinchi o`rinbosari, mudofaa vaziri – Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud 

O`mon Sultoni – Qobus bin Said 

Kuvayt Davlati Amiri – Shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti – Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon 

Birlashgan Arab Amirliklari Vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi – Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum 

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh qo`mondoni o`rinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi – Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon 

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o`rinbosari, ichki ishlar vaziri – Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon 

Misr Arab Respublikasi Prezidenti – Abdulfattoh Said Husayn as-Sisi 

Tunis Respublikasi Prezidenti – Muhammad al-Bojiy Qoid as-Sibsiy 

Turkiya Respublikasi Prezidenti – Rejep Tayyip Erdo`g`on 

Qozog`iston Respublikasi Prezidenti – Nursulton Nazarboev 

Tojikiston Respublikasi Prezidenti – Imomali Rahmon 

Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti – Almazbek Atamboev 

Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti – Abdul Hamid 

Bangladesh Xalq Respublikasi Bosh vaziri – Shayx Hasina Vazed 

Afg`oniston Islom Respublikasi hukumati Ijroiya kengashi raisi – Abdulla Abdulla 

Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidentining birinchi o`rinbosari, armiya generali – Abdul Rashid Do`stum 

o`z tabriklarini yo`llaganlar. 

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1