Avval xabar berganimizdek bugun AOKAda SSV mutassadilari ishtirokida "Mamlakatimizda tez tibbiy yordam tizimida amalga oshirilayotgan ishlar" mavzusida matbuot anjumani o`tkazildi.
Anjuman davomida Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoit Gafurov O`zbekistonda “Tez yordam”dagi “Damas”lardan qachon voz kechilishi ma`lum qildi.
2022-yilda 1000 dona yangi avtomobil etkazib berish maqsad qilib qo`ygan. Hozirgi kunga kelib avtomobillar etkazib berilmoqda. "Volkswagen" kompaniyasini chiplar inqiroziga sabab mashinalar etkazib berish "Volkswagen Caddy" mashinalarini 1000 taga etkazib berish grafigidan sal kech qolyapti. Hozirgi kunga kelib yil yakunigacha 250 ta "Volkswagen Caddy" rusumli zamonaviy avtomobillar etkazib beriladi va bular viloyatlarga taqsimlanadi. bundan tashqari 200 dona "Ford" avtomobillari etkazib beriladi.
Albatta, bu rejali. Barcha avtomobillarni birdaniga yangilab bo`lmaydi. Bu juda katta mablag`ni talab qiladi. Shu uchun 2023-2025 - yillargacha barcha "Damas" mashinalarni (ular soni hozircha 2183 dona) almashtirishni rejalashtirganmiz", - deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoit Gafurov. Oybek Shukurov






