Sirdaryo viloyati Yangier shahrida qurilishi rejalashtirilgan "Jome masjid" uchun ochilgan bank kartasiga to`plangan ehson pullari o`g`irlandi. Bu haqida IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Ehson yig`ish uchun telegramda e`lon qoldirilgach, o`zini Rossiya Federasiyasida ishlovchi ayol sifatida tanishtirgan shaxs 150 AQSh dollari pul o`tkazmoqchi ekanligini bildiradi. Bank karta boshqaruvi uchun kelgan SMS-xabarni qo`lga kiritgach, plastikdagi mavjud 73.400.000 so`m pullarni o`zlashtirib olgangan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yashovchi 1996 y.t., E.A. va uning jinoiy sherigi Toshkent shahar Sergeli tumanida yashovchi 2002 y.t., N.J.lar sodir etganligi aniqlangan.
Jinoyatchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






