DXX o`tkazgan tezkor tadbirda AQShga noqonuniy yo`llar bilan etkazib qo`yishni taklif qilayotganlar qo`lga olindi.
Samarqand shahrida yashovchi shaxs aldov yo`li bilan Urgut tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning ishonchiga kirib, uni “O`zbekiston-Ispaniya-Meksika-AQSh” yo`nalishi orqali Qo`shma Shtatlarga yuborish evaziga 25 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Boshqa bir holatda esa Samarqand tumanida yashovchi shaxs Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni “O`zbekiston-Turkiya-BAA-Meksika-AQSh” yo`nalishi orqali Amerikaga yuborish uchun 30 ming AQSh dollari talab qilib, 10 ming dollarni avans sifatida olgan vaqtida ushlangan.






