Biroz avval xabar berganimizdek, Prezident Administrasiyasi rahbari Sardor Umurzoqov rahbarligida tanqidiy ruhda bo`lib o`tmoqda.
Respublika shtabi yig`ilishida Bosh prokurorning ma`lum qilishicha, "Yangiyo`l tumangaz" rahbari Umid To`ychiev va "Guliston tuman elektr tarmoqlari korxonasi" sobiq rahbari Furqat Shodmonqulovga ham jinoyat ishi ochilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
"Agar boshqa hududlardagi mas`ullar ham bundan to`g`ri xulosa chiqarmasa va qonunbuzilish holatlariga yo`l qo`ysa, ularga ham albatta xuddi shunday jinoiy ish qo`zg`atiladi", — dedi Sardor Umurzakov.
Eslatib o`tamiz, Yig`ilishda O`zbekistonda gaz va elektr muammosi bo`yicha qonunbuzilishga yo`l qo`ygan ayrim rahbarlar qamoqqa olingani haqida ma`lum qilingan edi.
Shuningdek, "Hududgazta`minot"ning Toshkent viloyati filiali direktori qamoqqa olingan.






