Departamentning Shahrisabz shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Sh.S.” MChJ rahbari N.I. hududiy tijorat banki filiali mas`ul shaxslari bilan o`zaro til biriktirib, 16 nafar fuqaroning nomiga tomorqachilikni rivojlantirish uchun 307 mln so`m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag`larni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.